Saraton kasalligidan himoyalanishning 10 usuli

  • 15:17 / 07.11.2019
  • 34

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar 2025-yilga kelib har yili 19 million, 2035-yilda esa 24 million kishiga onkologik tashxis qo‘yishi mumkin. Hozirda dunyo bo‘ylab har yili 14 millionga yaqin shu turdagi kasallik holatlari qayd etiladi. Agar kimdir oilada saraton kasalligiga chalingan bo‘lsa, qarindoshlarida ham kasallik kuzatilish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.

Biroq, saratonning rivojlanish xavfini kamaytirsa bo‘ladi. Keling, buning uchun qanday yo‘l tutish kerakligiga aniqlik kiritamiz.

1. Sport bilan shug‘ullanish va terlash.

Amerikada nashr etiladigan “Men’s Health” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, Vermont universitetida tadqiqot o‘tkazilgan. Natija esa sport bilan shug‘ullanadigan erkaklarda o‘pka saratoni xavfi 68 foizga, yo‘g‘on ichak saratoni 38 foizga kamayishini ko‘rsatgan. 

2. Qovurilgan ovqatlar iste’mol qilishni rad eting.

Agar sog‘ligingiz siz uchun muhim bo‘lsa, qovurilgan ovqatlar haqida unuting. Haftada bir marta qovrilgan taom iste’mol qilish ham prostata saratoni xavfini 37 foizga oshiradi. Ko‘p miqdorda kanserogenlarni o‘z ichiga olgan o‘simlik moyidan tayyorlangan qovurma ovqatlar ayol va erkaklarda saraton paydo bo‘lish xavfini kuchaytirishi mumkin.

Bundan tashqari, gamburgerlar, qovurilgan kartoshka va boshqa tez tayyorlanadigan mahsulotlar ham taqiqlanadi. Italiyalik olimlarning ilmiy izlanishlariga ko‘ra, taom tarkibidagi yog‘ning yuqori miqdori saraton xavfini 20 foizga oshiradi.

Ommabop Atkins parhezi – uglevodlari kam va yog‘lari yuqori bo‘lib, ko‘krak saratoni rivojlanishini yuzaga keltiradi. Milan Milliy o‘simtalar instituti olimlarining fikriga ko‘ra, bunday saraton kasalligining xavfi 28 foizga oshmoqda. Britaniyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, to‘yingan yog‘ni ko‘p iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni xavfi oshishiga sabab bo‘ladi.

3. Anor itse’mol qiling.

Olimlar anorning foydali xususiyatlarini hali ham o‘rganmoqdalar va bu meva ularni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Yaqinda Viskonsin universiteti olimlari anor sharbati o‘pkada saraton hujayralari o‘sishini sekinlashtirishi mumkinligini aniqladilar. Sichqonlarda olib borilgan tadqiqotlar anor sharbatidagi moddalar tanadagi prostata saratoniga qarshi kurashishga yordam berishini tasdiqladi. Bu polifenol va izoflavon moddalaridir.

4. Tekshiruv va hayot.

“Saraton kasalligining har ikkinchi holatini erta tashxis bilan davolash mumkin, deb aytilgan”, – deydi Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti mutaxassisi va Saratonni Tadqiq Qilish Xalqaro Agentligining direktori – doktor Kris Dikiy. Shuning uchun, shifokor tomonidan muntazam tekshiruvdan o‘tib turish juda muhimdir.

5. Ko‘p harakat qiling. 

Siz televizor yoki monitor qarshisida o‘tiribsizmi? Ushbu maqolani o‘qib bo‘lgach, o‘rningizdan turing va yugurishga chiqing. Amerika Saraton instituti tomonidan amerikalik bemorlar orasida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, jismoniy mashqlar yetishmasligi har yili 90 mingdan ortiq odamlarda saraton kasalligini paydo qiladi.

6. Meva va rezavorlarni seving.

Kuningizni yangi mevalar iste’mol qilish bilan boshlang. Bu juda yaxshi g‘oya, chunki ular erkin radikallarga qarshi kurashadigan va tanamizni saraton hujayralari shakllanishidan himoya qiladigan moddalar – antioksidantlarga boy.

7. Xurrak otishni yo‘q qiling.

Hatto, xurrak ham saraton xavfi ortishi bilan bog‘liq. Qanday qilib deysizmi? Xurrak tanadagi kislorod miqdorini pasaytiradi va bu o‘simtalar tanada o‘sib, xavflar yuzaga kelishiga olib keladi. Agar siz ko‘p xurrak otsangiz, shifokorga boring. Faqat o‘zingizning sog‘ligingizga emas, balki uyingizdagi tinch muhitga ham e’tiborli bo‘ling.

8. Quyoshdan oqilona foydalaning.

Amerika “Klinik ovqatlanish” jurnalida ma’lum qilinishicha, D vitaminini muntazam iste’mol qiladigan odamlar saraton xavfini 77 foizga kamaytiradi. Yozda parhezli ovqatlanish o‘rniga D vitaminining tabiiy manbayi – quyosh nurlaridan foydalanishingiz mumkin. Biroq, quyosh protseduralari paytida teringizni saraton kasalligidan himoya qiladigan maxsus himoya kremlarini surtib olishingiz kerak.

9. Yong‘oq yeng.

Garvard universiteti olimlari har kuni uch dona yong‘oq iste’mol qilishni tavsiya etadilar, bu esa tananing selenga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Selen – saraton kasalligiga qarshi kurashuvchi eng samarali tabiiy qurol.

Bir nechta ilmiy tadqiqotlar selenning ko‘krak, qizilo‘ngach, oshqozon, prostata, siydik pufagi va jigar kabi a’zolarda vujudga keluvchi saraton kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishda samaradorligini ko‘rsatdi. Selen, shuningdek, kungaboqar va qovoq urug‘larida ham mavjud.

10. Tolali mahsulotlar iste’molini ko‘paytiring.

Iste’mol qiladigan ovqatlaringiz qatoriga vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kiriting: kepak, donli mahsulotlar, grechka, mevalardan – smorodina (qorag‘at), uzum, maymunjon, malina, shuningdek, quritilgan o‘rik, sabzavotlar, loviya, oq karam, brokkoli, yashil no‘xatlar iste’molini ko‘paytiring.

Tolali mahsulotlar tanamizdan toksinlarni olib tashlaydi va “Klinik ovqatlanish” jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, buyrak saratoni xavfini kamaytiradi.

Teglar