Saratonning inson tanasidagi belgilari

  • 12:53 / 08.10.2019
  • 1297

Taniqli shifokor Aleksandr Myasnikov “Rossiya 1” telekanalidagi ko‘rsatuvda saraton kasalligining ehtimoliy alomatlari haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, inson tanasida xavf omillarini aniqlash uchun maxsus testlarni o‘tkazish shart emas. Balki tashxis paytida shifokor bemorni diqqat bilan tekshirishi kerak.

Myasnikov avvalo terini tekshirish kerakligini aytdi. Uning quruqligi, qichishishi, qo‘ltiq va ko‘krak ostidagi qora dog‘lar xavfli o‘simtaning mavjudligiga ishora qilishi mumkin. Xususan, bu belgilar oshqozon saratonidan darak beradi.

Bundan tashqari, tirnoqlarning holatini baholash kerak.

– “Siz tirnoqlarda melanomani ko‘rishingiz mumkin. Biz melanomadan metastazni ko‘ramiz va qayerda ekanligini tushunmaymiz. Ba’zan tirnoqlar shunchaki ko‘karadi. Uni oddiy hol deb o‘ylaymiz”, – deya tushuntirdi Myasnikov.

Boshqa bir shifokor saraton belgilarini yaralarning sekin bitishi, ayollarning yuzida ortiqcha tuklarning o‘sishi, deb atagan edi.