Saudiya Arabistoni Haj mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgani uchun jahon e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda

  • 16:10 / 13.08.2019
  • 194

Saudiya Arabistoni matbuot agentligining xabar berishicha, Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an qirol Salmonni telefon orqali Qurbon hayiti bilan tabriklagan va qirol boshchiligidagi hukumatning millionlab musulmonlarning har yilgi Haj ziyoratini osonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etgan.

Qirol Salmon, qirollik ziyoratchilari o‘z marosimlarini bemalol, qulay va xavfsiz bajarishlari uchun mavjud barcha imkoniyatlarni ishga soldi.

Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov ham Qurbon hayiti munosabati bilan qirol va valiahd shahzodani tabrikladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonini Arafot, Muzdalifa va Minoning muqaddas joylarida erishgan yutuqlari va xizmatlariga alohida urg‘u bergan holda, bu harakatlar barcha musulmonlar tomonidan qadrlanib, olqishlanganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bu yilgi Haj mavsumining muvaffaqiyatli o‘tishi birinchi navbatda, Qirollikning bu ikki muqaddas ziyorat xizmatida muhim rol o‘ynashiga shubha qilgan har bir kishi uchun o‘rnak bo‘lib, barcha musulmonlarni Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.

Shuningdek, Arab Qizil Yarim Oy va Qizil Xoch Tashkilotining Bosh kotibi Doktor Solih bin Hamad al-Tuvayri ham Qirol Salmon, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Makka hokimi shahzoda Xolid al-Faysalni bu yilgi Haj mavsumining muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Al-Tuvayjri ikki muqaddas masjidga tashrif buyuradigan ziyoratchilarga xizmat qilishga qaratilgan Qirollikning ulkan rivojlanish loyihalarini yuqori baholadi.

Misrning parlament ishlari bo‘yicha vaziri Umar Marvan qirol va shahzodaning Haj amaliga qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati va agentliklaridagi yaxshi rejalashtirish va boy tajriba ziyoratchilarga muammosiz harakat qilishlari va haj marosimlarini qiynalmay bajarishlariga imkon beradi.

Bundan tashqari, Afrika olimlari forumi raisi shayx Muhammad Al-Hafiz Al-Nahaviy Makka, muqaddas qadamjolar va Madinada ziyoratchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning rivojlanish jarayoniga alohida urg‘u berdi.