Savdo urushi tugadimi? Tramp AQSh kompaniyalariga Huawei qurilmalarini sotishga ruxsat berishini aytdi

  • 14:45 / 29.06.2019
  • 471

Foto: AP

Agarda milliy xavfsizlik uchun katta muammo bo‘lmaydigan bo‘lsa, Amerika kompaniyalariga Xitoyning Huawei kompaniyasi qurilmalarini sotishiga ruxsat beriladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"AQSh kompaniyalari Huawei qurilmalarini sotishi mumkin. Men milliy xavfsizlik uchun katta muammo bo‘lmaydigan qurilmalar haqida gapiryapman", - dedi Tramp.

"Ularning sotilishiga ruxsat beramiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

16 may kuni AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasi va uning 70ta filialini qora ro‘yxatga kiritdi. Keyinroq Google, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma'lum qildi. Shuningdek, Britaniyaning ARM korporatsiyasi ham ular safiga qo‘shildi.

Teglar