Sayohatda pul tejashning 5 usuli

  • 09:58 / 27.02.2020
  • 396

Sayohat deganda ko‘pchilik katta xarajatlar talab qiladigan ko‘ngilxushlikni tushunadi. Ammo ko‘p pul sarflamasdan ham maza qilib sayohat qilishning imkoni bor. Tajribali sayyohlarning bu boradagi maslahatlariga nazar tashlaymiz.

Bagaj
Ko‘pchilik turistlarga ma’lumki, yirik bagajsiz chet elga sayohat kamroq pulga tushish imkonini beradi. Atigi bir necha kunga dam olishga ketayotgan bo‘lsangiz, bu haqida unutmang.

Turar-joy
Turar-joy borasida tejash uchun xostelda qolishingiz shart emas. Boshqa yo‘ldan borish ham mumkin: uncha qimmat bo‘lmagan oshxonali apartamentlarni bron qilish mumkin. O‘zingiz taom tayyorlashingizga imkon bo‘ladi va restoranlarga ortiqcha pul sarflamaysiz.

Yo‘nalishni kombinatsiyalash
Bu ayyorlik anchagina tejash imkonini beradi. Vaqtingiz (va albatta, istagingiz) bo‘lsa, yo‘lning bir qismini samolyotda, bir qismini – poyezdda bosib o‘tishingiz mumkin. To‘g‘ri reyslar odatda qimmat turadi.

Pullar
Xorijda xaridlaringizga karta bilan to‘lov qilsangiz, undan qanaqa valyutani yechib olishingiz kerakligini aniqlashtiring. Mahalliy valyutani tanlash imkoni bo‘lsa – shunday qiling. Aks holda konvertatsiya sizga qimmatga tushishi mumkin. 

Ekskursiyalar
Eslatib o‘tish kerakki, dunyoning ko‘pgina muzeylari tashrif buyuruvchilarga tez-tez bepul kunlar va soatlar uyushtirib turadi. To‘g‘ri, navbatda turishga to‘g‘ri keladi: bu “usul” ko‘pchilik sayyohlarga tanish.