Sayohatlarda asqotadigan 18 ta buyum

  • 14:58 / 14.06.2019
  • 373

Sayohatga hujjatlar, bank kartalari va dorilardan tashqari yana nima olish kerakli haqida Layfxaker maslahat beradi.

Foto: Layfxaker

1. Yo‘l uchun to‘plam

Puflab shishiriladigan yostiq, uyqu uchun niqob va shovqindan himoya qiluvchi quloqchinlar uzoq parvoz va noqulay avtobus vaqtida miriqib uxlashga yordam beradi. To‘plamni qo‘ldagi yukning ichiga solib qo‘yish mumkin – ana o‘shanda u doim yoningizda bo‘ladi va istalgan vaqtda sizni bo‘yinning qayrilishi, yorug‘lik va shovqindan himoya qiladi.

2. Oziq-ovqat plyonkasi

Sayohatlarga odatiy oziq-ovqat plyonkasini oling. Ana o‘shanda yuklarni o‘rash uchun aeroportda pul sarf qilmaysiz. U jomadonni mayda chizilishlar va dog‘lardan himoya qilib, buyumlar o‘g‘irlanishi ehtimolini kamaytiradi. 

Foto: Pixabay

3. Tashqi akkumulyator

Pauerbank va quvvat oldirish qurilmasi doimo aloqada qolishga yordam beradi. Shahar bo‘ylab sayrlar uchun 5 000 mA·s hajmga ega tashqi akkumulyator yetarli – u smartfonni 1-2 marta quvvat oldiradi. Agar toqqa bir necha kunga otlanishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, 10 000 mA·s hajmlisini tanlang. Bir necha kirish joylariga ega bo‘lgan qurilmani tanlang. Ana shunda telefon bilan birga noutbukni ham quvvat oldirasiz.

4. Palantin

Palantin yoki katta sharf bir necha vazifalarni bajaradi. Uni plyajga olib borish va ro‘mol o‘rnida qo‘llash mumkin. Jazirama issiqdan palantin panama bosh kiyimini o‘rnini bosadi va quyoshli zarba oldini oladi. Sovuqda esa isinishga yordam beradi.

Foto: Pixabay

5. Yomg‘irpo‘sh

Sayohatga soyabon olib ketish yaxshi g‘oya emas: u og‘ir va shamolda yog‘ingarchiliklardan himoya qilmaydi. Yomg‘irpo‘shni olib ketish va ob-havo noqulay bo‘lganida cho‘ntakka solib yurish qulayroq. Polietilenli emas, ko‘p marta foydalaniladiganini tanlang: u ekologik toza va sizga uzoq xizmat qiladi.

6. Suv uchun ixcham filtr

Favqulodda sayohatlarda har doim ham toza suvni topish imkoniyati bo‘lmaydi, ixcham filtr esa tabiiy manbalardan ham bemalol suv ichishda yordam beradi. Agar bir o‘zingiz sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, kichik butilka yoki trubacha shaklidagi filtrni o‘zingiz bilan olib keting. Kattaroq jamoa uchun esa yo‘lda suvni tozalash stansiyasi mos keladi: uning shakli qopni yodga soladi va bir daqiqada 2 litr suvni filrlay oladi.

Foto: Pixabay

7. Issiq paypoqlar

Ular ortiqchalik qilmasligi aniq: mehmonxonada issiqlikni o‘chirishlari, tashqari esa keskin sovib ketishi mumkin. Yo‘l uchun treking va termopaypoqlar asqotadi. Ular issiqlikni o‘zida ushlab qoladi. Kutilmaganda shamollab qolsangiz, jun paypoqlar ayni muddao bo‘ladi.

8. Ko‘z uchun tomchilar

Uzoq uchishlar vaqtida ko‘zlar samolyotdagi quruq havo sababli qurishi mumkin. Yoqimsiz holatlarning oldini olish uchun sun'iy ko‘z yoshli tomchilarni yoningizda olib yuring.

9. Belga osiladigan sumka

U nafaqat urfdagi aksessuar, balki sayohatlarda asqotadigan muhim buyumlardan biri. U ryukzakka qaraganda ancha ixcham. Eng zarar narsalarning bari - smartfon, pul, xonaning kaliti, pasport, nam sochiqchalar unga sig‘adi. Sumka hatto tog‘li yo‘llardan yurganda ham, velosiped va attraksionda uchganda ham xalaqit qilmaydi.

Foto: Pixabay

10. Yopishqoq lenta (leykoplastir) to‘plami

Uzoq vaqt davomida sayohat qiladiganlar uchun muhim buyum. Ehtimol, ko‘pchilik uchun sayohatni chippakka chiqargan qadoqlarga duch kelgan bo‘lsa kerak. Oyoqlar ishqalanmasligi uchun sayohatlarga faqat qulay va tekshirilgan oyoq kiyimlarni olib keting. Qadoqlar paydo bo‘lsa, yopishqoq lentalar yordamga keladi.

11. Yog‘li krem

Teringiz bilan bari joyida bo‘lsa ham yog‘li krem oling. U nafaqat namlik yetishmovchiligiga qarshi kurasha oladi, balki dermatit va dengiz tuziga allergiyada ham asqotadi. Bolalar uchun mo‘ljallangan har qanday krem to‘g‘ri keladi.

12. Silikon butilka

Tajribali sayohatchilar suv uchun ko‘p marta ishlatiladigan butilkani albatta olib ketish kerakligini bilishadi. Bu sizni doimiy ravishda do‘kondan suv xarid qilishdan xalos etib, xarajatlarni qisqartiradi. Silikon butilka joyni tejaydi: uni taxlab, ryukzakka soling.

13. Antibakterial gel

Yo‘lda har doim ham qo‘llarni yuvish imkoniyati bo‘lavermaydi. Har qanday yoshda gigiyenaga amal qilish uchun yoningizda antibakterial gel olib yuring. Undan foydalanish qulay va salfetkalardan farqli ravishda uzoq vaqtga yetadi. U bilan smartfonni ham tozalash mumkin.

Foto: AliExpress

14. Yuk uchun cho‘ntak tarozisi

Elektron cho‘ntak tarozisi – do‘konlarga borishni istaydiganlar uchun zarur qurilma. U jomadonga ortiqcha yuk ortmaslik, keyin esa aeroportda buyumlarni qayta taxlamaslik uchun yordamga keladi.

15. Rozetkalar uchun moslashtirgich (perexodnik)

Dunyoda elektr rozetkalarning 15 ta turi mavjud. Boshqa standartdagi davlatlarga uchganingizda moslashtirgich asqotishi aniq. Masalan, AQSh, Italiya, Hindiston va Yaponiyadagi rozetkalar biznikilardan farq qiladi. Parvozdan oldin ana shu o‘ziga xosliklar bilan tanishish va uni o‘sha joyda izlamaslik uchun moslashtirgich haqida o‘ylab qo‘yish kerak.

16. Termal suv

Tabiiy manbaalardan olingan mineral tuzlar miqdori yuqori bo‘lgan suv. U iqlimi issiq bo‘lgan mamlakatlarda asqotadi. U terini tinchlantirib, yallig‘lanishni oldini olishda yordam beradi.

17. Ochqich

Har bir mehmonxonada ham istalgan banka va butilkalarni ochadigan ochqich bo‘lavermaydi. Biroq parvozdan oldin uni yuklar orasiga solib qo‘ygan ma'qul.

Foto: Pixabay

18. Quyosh batareyalarida ishlaydigan fonus

Tabiat qo‘ynidagi hordiq uchun quyosh batareyalarida ishlaydigan fonus asqotadi. U ekologik toza va elektr energiyasi va quvvat oldirish batareyalarini talab etmaydi. Kun kuni quvvat oldirish, kechasi esa chodirga osib qo‘yish mumkin.

O‘ylaymizki, ushbu ro‘yxat sizga sayohatga chiqishda asqotadi.

Teglar