Sayyohlar qadami yetmagan chiroyli va g‘ayrioddiy joylar

  • 14:15 / 06.11.2019
  • 594

Sayyohlar allaqachon sayyoramizning ko‘p qismini aylanib chiqishgan. Shuningdek, tashlab ketilgan shaharlar, cho‘llar, piramidalar, suv havzalari va bir qancha chiroyli joylarning manzarasi devoriy suratlar qatoridan o‘rin olib ulgurgan. Ammo shunday sayohatbop joylar ham borki, odamlar u yerga kamdan-kam hollarda tashrif buyurishadi. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.

Nunavut, Kanada

Kanadaning shimoliy qismidagi Nunavut hududi “Qor malikasi”dagi manzaralarga o‘xshaydi. Sohildan bir necha kilometr narida siz haqiqiy aysberglarda yurishingiz, muzliklarga ko‘tarilishingiz va o‘zingizni ertak qahramonlari – Kay yoki Gerda kabi his qilishingiz mumkin.

Torre Di Pisadagi boshpana, Italiya

Mazkur joy Piza minorasiga o‘xshab ketadigan tog‘ bo‘lib, u yerga yetib borish unchalik oson emas. Chunki, bir necha soat yuqoriga ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Charchagan sayyohlar Torre de Pisaning shinam xonalariga joylashadilar va derazalardan nafis manzarani tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Narrou-Loj, Alyaska shtatidagi Vud-Tikchik Milliy bog‘i

Ushbu kichik baliq ovlash uyi – yarimorolning qirg‘og‘ida joylashgan. Katta yo‘lgacha bo‘lgan masofa 600 kilometrni tashkil etadi, demak bu yerga faqat gidrosamolyot orqali borishingiz mumkin. Bu yerda baliq ovlashning zavqi hech narsaga tenglashtirilmaydi.

Yo‘qotilgan shahar, Kolumbiya

Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi shahar Kolumbiya chakalakzorlari tubida yashiringan. Bu yerga sayohat bir necha kun davom etadi. O‘rmon ichidagi qadimiy xarobalar, ya’ni 200 ta yaxshi saqlanib qolgan binolar, har kimda arxeolog bo‘lishga qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Casa Andina, Titikaka ko‘li, Peru

Titikaka ko‘li bo‘ylab to‘rt soatlik qayiq safari sizni juda kam odam ko‘rgan tanho joyga olib boradi. Bu yerda madaniyatning kichik belgilari yo‘q.

Anegada, Britaniyaning Virjiniya orollari

Sohil riflarining murakkab tizimi bu joyni musaffo tabiatning haqiqiy qo‘rg‘oniga aylantirdi. Mahalliy aholi orasidan faqat eng tajribali baliqchilar qayiqlarni xavfli suvga tushirishga jur’at etadilar.

Bu yerdagi baliqlarga to‘la lagunalar, palma daraxtlari, yovvoyi hayvonlar va plyajlar haqiqatdan ham borib ko‘rishga arziydi.

Darvoza, Turkmaniston

Mahalliy aholi bu joyni “Jahannam eshigi” deb ataydi. U yerdagi yong‘in alangasiga bir qarash nega bunday nomlanishini tushunish uchun yetarli bo‘ladi. Krater qirq yildan ortiq vaqt davomida yonib turadi, go‘yo u to‘qqiz aylana tubida paydo bo‘ladi.

Mirador, Gvatemala

Har bir inson Machu-Pikchu haqida eshitgan, ammo Gvatemaladagi qadimiy Mirador shahri haqida juda kam ma’lumotga ega. Shaharda klassik Mayya sivilizatsiyasi namunalari bor va qo‘rqinchli nosimmetrik me’moriy yodgorliklar bilan to‘lgan.

Silend knyazligi

Bu bino juda ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lib, u Saffolk qirg‘og‘idan o‘n kilometr narida joylashgan yolg‘iz burg‘ulash qurilmasidir. Hozir bu yerda faqat bir kishi yashaydi, ammo bundan yetti yil oldin Buyuk Britaniya hukmronlik qilish uchun kurashgan.

Guychjou kichik qishloqlari, Xitoy

Guychjou provinsiyasi Xitoyning eng qashshoq hududlaridan biri hisoblanadi. Modernizatsiya bu yerga kelgan, ammo mahalliy aholi hali ham o‘zlarining yashash tarzida davom etmoqda.

Guychjouga bir necha kunga yoki bir haftaga mo‘ljallangan sayohatni amalga oshirish haqiqatdan arziydi. Chunki viloyat aholisining tinch va farovon hayoti sizga, albatta, yoqadi.