Sayyorani qutqarish uchun ixtiro qilingan 11 buyum

  • 10:29 / 31.05.2018
  • 9635

So‘nggi yillarda insoniyat taraqqiyotning noto‘g‘ri yo‘li bo‘ylab harakatlanayotganini ko‘proq anglay boshladi. Tabiiy resurslar kamayib bormoqda, ekologiya yomonlashib, iqlim har yili o‘zgarmoqda. Olimlar innovatsiyalarni joriy etish va sayyoramizning yemirilishini hech bo‘lmaganda sekinlashtirishni istashyapti.

Insoniyatning ayni damdagi muhim vazifalaridan biri atrof-muhitga har yili to‘kilayotgan millionlab tonna chiqindidan xalos bo‘lishdir.

Bugun sayyoraning ifloslanishi muammosini hech bo‘lmaganda qisman yechishda yordam beradigan 11 ta kashfiyotni e'tiboringizga havola etamiz.

1. Ummondagi chiqindidan krossovkalar

Foto: Adidas

Adidas kompaniyasi sayyorani chiqindidan tozalashga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilib, okeandan yig‘ib olingan plastikdan oyoq kiyim va sport kiyimining bir necha turini yaratdi. Mahsulot sifati nemis konsernining odatiy krossovkalarinikidan qolishmaydi.

2. O‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladigan idishlar

Foto: Dezeen

G‘oya islandiyalik Ari Yonsonga tegishli. Ko‘rinishidan oddiy butilka, biroq u bo‘shaganida tezda chiriydi. Xavfsiz materiallardan ishlangan. Xohishga qarab, uni yeb yuborsa ham bo‘ladi. Salomatlik uchun zararli emas.

3. Eski butilkalarning yangi hayoti

Foto: shipinbottles.com
Foto: Wikimapia

Plastik butilkalar shu qadar ko‘pki, ulardan nafaqat o‘yinchoq va mayda moslamalarni yasashda foydalanishmoqda. Ba'zi mohir odamlar butilkalardan qayiq va hatto uylar ham qurishyapti.

4. Suvda eriydigan hamda plastik o‘rnini bosuvchi

Foto: Avani

Indoneziyaning Avani kompaniyasi plastikni ekologik toza vositalar bilan butunlay almashtirishni o‘z oldiga maqsad qildi. Bu stakanlar hatto qog‘oz va jo‘xori kraxmalidan yasalgan. Idishlar yarim yil ichida chiriydi. Zarur bo‘lsa, ularni hatto suvda eritib yuborish ham mumkin.

5. Plastik o‘rnini bosuvchi yana bir kashfiyot

Foto: Bee's Wrap

Bee's Wrap kompaniyasi paxta, ari yelimi va daraxt qoramoyidan tayyorlangan plyonkani namoyish etdi. Bunday o‘ramdan ko‘p marta foydalanish mumkin, chunki uni yuvish mumkin.

6. Suv o‘tmas banan terisi

Foto: Green Banana Paper

Green Banana Paper kompaniyasi

Green Banana Paper kompaniyasi qog‘oz va teri o‘rnini bosadigan ekologik toza yechimni taqdim etishmoqda. Gap shundaki, banan tolasidan tayyorlangan material ekologik toza sanaladi, chunki har bir xosildan keyin banan yaproqlari qurib qoladi va yangi yaproqlarga “joy bo‘shatadi”. Hozirda kompaniya ana shunday “bananli” hamyonni taklif etmoqda.

7. Dengiz suvini tozalaydigan elak

Foto: The University of Manchester

Membranalar amaliyotda tuzlarni filtrlashdagi samarasini isbotladi. Material ustida biroz ish olib borish qoldi. Ana shundan keyin dengiz tuzidan katta miqdorda ichimlik suvi olish mumkin bo‘ladi.

8. Havodan ichimlik suvi

Foto: WaterSeer

Sayyoraning turli mintaqalaridagi qurg‘oqchilik ichimlik suvini topishning yangi usullarini izlashga majbur qilyapti. WaterSeer moslamasi suvni havoning o‘zidan kondensatsiya qiladi. U sutkasiga 37 litr suv to‘play oladi.

9. Tejamkor dush

Foto: Nebia

Nebia — suv oqimini millionlab tomchiga aylantiruvchi dush. Suvni ko‘p sarflamay, suv bug‘ini yaratadi. Nebianing yaratuvchilari bu qurilma odatiy dush bilan taqqoslaganda suv 70 foiz tejalishini ma'lum qilishmoqda.

10. « Xobbit uyasi», yoki ekouy

Foto: Flickr
Foto: Flickr

Yangi avlod uylari adiblarning hikoyalariga chizilgan dekoratsiyalari kabi ko‘rinadi. Loyiha mutaxassislarining bildirishicha, tuproq bilan qoplangan bunday uylar iqlim nazoratga ega bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi va ta'mirga muhtoj bo‘lmaydi. Bundan tashqari, uning devoridan bog‘ sifatida ham foydalanish mumkin.

11. Chiqindi yig‘adigan qurilma

Foto: Seabin

Seabin qurilmasini suvga tushirish mumkin. U qirg‘oqdan 20 kilogramgacha suzib yuradigan chiqindi, hatto to‘kilgan yoqilg‘ini ham yig‘ish mumkin.Seabin chiqindini suv bilan so‘rib olib, keyin ularni bir-biridan ajratadi.

Nima deb o‘ylaysiz, moslamalarning qay biri hozirning o‘zidayoq asqatishi mumkin?

Teglar