Semizlikning sababini aniqlaymiz!

  • 10:29 / 23.09.2021
  • 175

Bugungi kunda oʻz qaddi-qomatidan koʻngli toʻladiganlar kamdan-kam uchraydi. Semizlikning asosiy sababi esa albatta kam harakatlilikdadir.

Unday emas deysizmi? U holda, quyidagi test aynan siz uchun.

Mazkur test oʻz qomatingizdan qoniqib, oʻzingizni yaxshi his qilishingiz uchun yetarlicha harakat qilish yoki qilmayotganingizni aniqlashga yordam beradi.

Har bir a) javobiga – 0 ball, b) javobiga – 2 ball, v) javobiga – 4 ball, g) javobiga — 5 ball qoʻshib hisoblang.

 

1. Uyingizga qanday yetib borasiz?

a) piyoda (birinchi qavatda yashayman);

b) liftda;

v) pastga – piyoda, yuqoriga – liftda;

g) pastga – yugurib, yuqoriga – piyoda.

2. Itingiz bilan kim sayr qiladi?

a) mening itim yoʻq;

b) yaqinlarim;

v) baʼzida men;

g) har doim men.

3. Bozor-oʻcharga qanday borasiz?

a) mashinada boraman;

b) bor-yoʻgʻi bitta bekat boʻlsa ham, jamoat transportidan foydalanaman;

v) borishda piyoda boraman, qaytishda ogʻir yuk bilan transportga chiqaman;

g) piyoda boraman, aylanib kelaman.

4. Ishxonada zinadan foydalanasizmi?

a) Oʻrnimdan zoʻrgʻa qimirlayman.

b) Faqat liftda yuraman.

v) Vaqtim boʻlsa, zinaga yuguraman.

g) Faqat zinada yuraman.

5. Sayr siz uchun nima?

a) nafas olish uchun balkonga chiqish;

b) hech boʻlmasa yarim soat shaharni aylanib kelish;

v) biror soat piyoda yurish;

g) dam olish kunining yarmini toza havoda oʻtkazish.

6. Ish joyingizdan turgizgan odam sizga qanday taʼsir koʻrsatadi?

a) gʻazab (yaxi oʻtirgandim);

b) noqulaylik (lekin qimirlashga toʻgʻri keladi);

v) shodlik (nihoyat, harakat qilaman!);

g) oʻtirib ishlamayman!

7. Ishda birdan belingiz ogʻrib qolsa, nima qilasiz?

a) tana holatini oʻzgartirishga urinaman;

b) bir-ikki marta egilib-turaman;

v) bir oz sayr qilaman;

g) qisqa mashqlar kompleksini bajaraman.

8. Fitnes bilan shugʻullanishni xohlamaysiz, chunki:

a) shusiz ham charchab qolyapman;

b) klubga qatnash qimmatga tushadi;

v) bu haqda oʻylayman va vaqt ajratishga harakat qilaman;

g) Sizga kim “Xohlamayman” dedi?

9. Qachon mashinada yurasiz?

a) hamisha;

b) asosan ishga borib kelaman;

v) doʻkonlarga va shahar tashqarisiga;

g) mening mashinam yoʻq.

 

Ballarni umumlashtirib, xulosa bilan tanishing.

0 – 11 ballar. Organizmingiz gipodinamiyadan qiynalyapti. Ishonmaysizmi? 3-4 qavatga zinadan yugurib chiqishga urinib koʻring. Oʻzingizni yaxshi his qilmasligingiz turgan gap. Asosiy muammo shundaki, umuman qimirlagingiz kelmaydi. Chigal yozish zaruratini sezmaysiz. Biroq bu siz uchun juda zarur. Shu bois ahvolni yaxshi saqlash uchun dastlab oʻzingizni qimirlashga majburlang. Keyinchalik bu odat tusiga kiradi.

12 – 23 ballar. Jismoniy faolligingiz kayfiyatingizga bogʻliq! Haftada bir marta dam olish kuni sayr qilish — siz uchun meʼyor. Bunday tartibsizlik sogʻligingizga ziyon yetkazadi. Muammolarga duchor boʻlishni istamasangiz, eʼtiborliroq boʻlish talab etiladi.

24 – 35 ballar. Bir joyda uzoq oʻtirib ishlash sizning harakat qilishingizga xalaqit qilyapti. Siz yetarlicha faolsiz, sogʻlom turmush tarziga rioya etishga harakat qilasiz. Xavotir olishingizga hojat yoʻq.

36 – 45 ballar. Yo siz ataylab koʻp harakat qilasiz, yoki serharakat ish borasida omadingiz chopgan. Nima boʻlganda ham, tabriklaymiz! Harakat yetishmovchiligi sizga xos emas!