Senat qo‘mitasi AQShning 2021-yilgi harbiy byudjetini tasdiqladi    

  • 12:39 / 12.06.2020
  • 408

Amerikalik deputatlarning ta’kidlashicha, EDI (Yevropani tutib turish tashabbusi) tomonidan ilgari surilgan tashabbus Rossiya tajovuziga qarshi turish uchun tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan.
11-iyun kuni AQSh Kongressi Senatining qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi 2021 moliyaviy yil uchun (u AQShda 1-oktabrdan boshlanadi- mux.)  Qo‘mitaning saytida EDI moliyaviy parametrlari yangilandi. Xujjatni 25 deputat  quvvatlagan, 2 nafari qarshi chiqqan.   
Byudjetning 740,5 milliard dollarga (656,2 milliard. yevro) yetkazilishi taxmin qilinmoqda. 
Deputatlar EDI mudofaaga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni yaxshiroq taqsimlash imkonini berishiga va bir vaqtning o‘zida  “Yevropa Rossiyaning sharqdagi agressiyasi, Yevropa va IShID xorijiy jangarilari oqimi hamda Shimoliy Afrikadan kelib chiqadigan transmilliy tahdidlarning” oldini olish uchun tayyorgarlikni kuchaytirishiga e’tibor qaratishdi.    

Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan strategik raqobat
Vashington Rossiya va Xitoy bilan strategik raqobat sharoitida o‘zining harbiy salohiyatini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratmoqda.  
Oldinda byudjetni Senatning to‘liq tarkibi bilan ko‘rib chiqish vazifasi turibdi. 
Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyada joylashgan Amerika qo‘shinlari sonining chorakdan ko‘proq qismini qisqartirshga qaror qilgani, bu boradagi tegishli buyruq go‘yoki AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen tomonidan imzolangani haqida xabar bergan edi. Ammo, Amerika ma’muriyati bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan.