Sergelida aholidan yig‘ilgan 431 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan shirkat rahbari ushlandi

  • 09:33 / 17.09.2021
  • 123

Toshkent shahar Sergeli tumanida fuqarolarning mablag‘larini talon-toroj qilgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, tumandagi “S”. va “G.T.” xususiy uy joy mulkdorlari shirkati rahbari L.R. 2018-yildan 2021-yilning sentyabr oyiga qadar ushbu shirkatlarga qarashli xonadon egalaridan undirilgan jami 431 mln. so‘m badal to‘lovlarini shirkatlarga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.