Sergey Dovlatovdan qiyin vaqtlarga bag‘ishlangan 19 ta maslahat

  • 12:51 / 12.08.2015
  • 11559

Sergey Donatovich Dovlatov — asr oxiri va asr boshida yashab ijod qilgan, eng o‘qishli asarlar muallifi bo‘lgan rus yozuvchisidir. U hayotning eng qayg‘uli tomonlariga ham o‘ziga xos, sokin va biroz g‘amgin hazil-mutoyiba bilan qaray olgan. Uning asarlarida haqiqatgo‘ylar yo‘q, chunki ularda yovuz kimsalar ham yo‘q-da. Yozuvchi jannat ham, do‘zax ham o‘zimizning ichimizda ekanligini anglagan.

Shunday ekan agar sizga hamma yoq qorung‘i bo‘lib ketsa va hayotda quvonchingizni yo‘qotgan bo‘lsangiz yozuvchi Sergey Dovlatovning maslahatlariga, hayotiy tajribalariga quloq tuting.

1.

2.Ba'zi insonlar yechimi ularni qanoatlantirmaydigan muammolarni yechimsiz, deb o‘ylashadi.

3.Yodda tut, pichoqdan qutilish mumkin. Boltani ham yashirsa bo‘ladi. To‘pponchani olib qo‘yish mumkin. Hamma narsaning iloji bor! Biroq qochish mumkin bo‘lsa – qoch! Qoch, o‘g‘lim va ortga sira qarama!

4.Faqat o‘limni tuzatib bo‘lmaydi.

5.Men butun umrim davomida kuzatish trubasiga puflab, nega musiqa yo‘q, deb hayron qolardim. Bir kun trombon (puflab chalinadigan muzika asbobi)dan yaxshilab qarab, hayron qoldim, hech nima ko‘rinmaydi-ya!

6.

7.Yoki bu vaqtinchali, yoki bu adolatdan.

8.Tug‘ma o‘ziga ishonchsizlikni yengishning eng yaxshi yo‘li – bu iloji boricha o‘zingizni dadilroq tutish.

9.Tug‘ilishimizgacha — cheksizlik. O‘limimizdan keyin – cheksizlik. Bizning hayotimiz hissiz cheksizlik okeanidagi qum zarrasidir. Inson o‘ziga berilgan mana shu onda zerikish va umidsizlikdan qayg‘uga botmaslikka harakat qilib yashaydi. Yer sharida qandaydir iz qoldirishga harakat qiladi.

10.Men anchadan beri insonlarni musbat va manfiyga ajrataman. Badiiy qahramonlarni ham xuddi shunday guruhga ajratish odat bo‘lgan. Bundan tashqari men jinoyatdan so‘ng afsuslanish, jasoratdan so‘ng esa baxt kelishiga ishonaman. Biz nimani his qilayotgan bo‘lsak, o‘sha narsamiz.

11.Bir kun axlat qutisini olib chiqayotgan edim. Sovuq qotib qoldim. Uni axlatxonaga uch metr yetmasdan to‘ka qoldim. O‘n besh daqiqalardan so‘ng uyimga hovlini tozalaydigan xizmatchi kelib, janjal qildi. Keyin ayon bo‘lishicha, u axlatdan uning egasi kimligini va qaysi xonadonda turishini aniqlar ekan. Har qanday ishning o‘z ijodiy jihati bo‘ladi!

12.

13.O‘g‘irlamaslik oson. O‘ldirmaslik undanda oson. Muhokama qilmaslik – juda qiyin. Muhokama qilma, deysan o‘zingga o‘zing. Ammo uning ortida butun bir falsafa turadi.

14.— Adolatdan ko‘ra muhimroq sifat bormi?

— Adolatdan ko‘ra muhim sifat? Yiqilganlarga mehr-shafqat.

15.Afsuski, jangda mag‘lubiyatga uchrash intiho degani emas. Senga tinimsiz zarba berishadi. Axiyri, sendagi odamiylikni o‘ldirishadi… O‘limdan yomon narsa – qo‘rqoqlik, irodasizlik va o‘z-o‘zidan ular ketidan keluvchi – qullik.

16.Kambag‘allikda yashaganimdan afsuslanmayman. Agar Xemenguyeyga ishonadigan bo‘lsak, faqirlik – yozuvchi uchun tengi yo‘q maktab. Kambag‘allik insonni sergak torttiradi. Eng qizig‘i shuki, Xemenguyey buni boyib ketishi bilanoq tushinib yetgan.

17.

18.Insonning qo‘lidan hamma narsa keladi – ahmoqona ishlar ham, yaxshi ishlar ham. Afsuski shunday. Shuning uchun, ey xudo, bizga sabr-toqat va jasurlik ber. Faqat yaxshilikka olib boruvchi yaxshi vaqt va makon ber!

19.Yagona haq yo‘l – bu xatolar, umidsizlik va umid yo‘lidir. O‘z tajribalari orqali ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi chegarani anglab yetish – bu hayotdir… Boshqa hech qanday yo‘l mavjud emas.