Serxio Ramos La Liga rekordini takrorladi

  • 09:49 / 15.06.2020
  • 629

La Liganing 28-turidan o‘rin olgan “Real” - “Eybar” uchrashuvi maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Madridliklarning ushbu gollardan biriga Serxio Ramos mualliflik qildi.
Endi La Liga doirasida uning hisobida 67 gol bor. Himoyachilar orasida Ramos Ronald Kuman bilan tenglashib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ispaniyalik himoyachi 11 ta golini penaltidan urgan bo‘lsa, Ronald Kuman penaltidan naq 46 ta gol urgan.
Joriy mavsumda 34 yoshli Ramos 25 o‘yinda maydonga tushgan va 6 gol urgan.