Seulda daraxt ildizlari ko‘rinishidagi o‘rindiq o‘rnatildi

  • 11:03 / 21.01.2019
  • 3012

Seulning jamoat bog‘ida g‘aroyib yog‘och o‘rindiq “ildiz otdi”. Uni Yon Ju Li ismli kishi loyihalashtirdi. Dizaynni hayotga tatbiq etishdan avval u nufuzli Hangang Art Competition tanlovining g‘olibiga aylandi. Ju Li jamoat hududi uchun ham badiiy, ham funksional qimmatga ega mebel jihozini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Ildiz ko‘rinishidagi o‘rindiqning diametri 30 metrga teng. Po‘lat o‘rindiqlar uchta balandlikda joylashgan: bolalar o‘rindig‘i, kattalar uchun joy va stol. Organik dizayn kompyuter algoritmi natijasi sanaladi.

Yon Ju Li dizayni estetik ko‘rinishda va amaliy jihatdan ham qulay. U sun'iylik va tabiiylik orasidagi chegarani yo‘qotish uchun o‘ylab topilgan. Bejirim yoritish moslamasi esa kechki paytlari ham vaqtni maroqli o‘tkazishga imkon beradi.

Teglar