Shahram G‘iyosov sobiq jahon chempionini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)

  • 09:05 / 25.08.2019
  • 1060

Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu hadqa Kun.uz xabar bermoqda.

25-avgustga o‘tar kechasi Meksikaning Ermosilo shahridagi “Sentro de Usos Multiples” arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida G‘iyosov kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (33-4-2, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va WBA International chempionlik kamarini himoya 

10 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakuniga yetdi. Birinchi raundning 30 soniyasi o‘tib ulgurmasidan o‘zbekistonlik bokschi chap qo‘lda kross zarbasini yo‘llab, raqibini polga qulatdi. 35 yoshli bokschi bokschi referi sanog‘i yakunlaniga qadar o‘rnidan tura olmadi va 41 soniyada nokaut qayd etildi.

Ushbu g‘alaba Shahramning professional boksdagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U bu janglardan 7tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.

Ma'lumot uchun, 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib kelayotgan Peres yengil (-61,2 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishida 2014-15-yillarda uch marta vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. 

Shahram G‘iyosov joriy yilning aprelida AQShning Inglvud shahridagi (Kaliforniya) amerikalik Emmanuel Teylorni (20-6, 14 KO) 10 raundlik jang yakunida hakamlar qarori bilan mag‘lub etib, ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.