Shakar odamni o‘ldirmaydi: ratsiondan chiqarib tashlanishi kerak bo'lgan 7 yegulik

  • 11:47 / 09.09.2019
  • 1733

Sun'iy shirinliklar

Ularning "shirinligi" shakarni yuzlab marta ortda qoldiradi. Ular kuchli ochlik hissi va beldagi qo'shimcha yog’larni keltirib chiqaradi.

Gidrolizlangan va trans-yog'lar

Bunday yog'lar organizm uchun o'ta xavflidir, ya’ni u xolesterin miqdorini oshiradi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ular ko‘p holda “fastfood”larda uchraydi.

Energetik ichimliklar

Energetik ichimliklarda yuqori dozadagi shakar va stimulyator mavjud. U organizmda vaqtinchalik hushyorlik va uyqusizlikni paydo qiladi. Ammo u organizmni suvsizlanishiga olib keladi.

Gazlangan ichimliklar

Ular tarkibida shakarga qo'shimcha ravishda, jigarga zarar yetkazadigan makkajo'xori siropi ham mavjud. Bunday ichimlik ochlikni kuchaytiradi va keragidan ko'proq yeyishga majbur qiladi.

Nitritlar
Bu “dushmanlar” sosiska va boshqa kolbasa mahsulotlarida uchraydi. Yuqori haroratlarda ular kanserogenlarga aylanadi. Ovqat hazm qilish tizimi ulardan aziyat chekadi.

Ovqatga qo‘shiladigan ranglar

Ular allergiya keltirib chiqaradi va bolalarda diqqatni susaytiradi. Buni o‘rniga ziravor va ko‘katlardan foydalangan ma’qul.

Popkorn

Tarkibida perftoroktan kislotasi mavjud bo‘lib, saraton o'simtasini keltirib chiqarishi mumkin.

Teglar