Shavkat Mirziyoyev urush faxriysiga yangi xonadon sovg‘a qildi

  • 18:31 / 03.03.2017
  • 6595

Buxoro viloyati Kogon shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Mariya Aliyevaga yangi uy berildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Shuningdek xabarga urush faxriysi bo‘lgan onaxonning yangi uyga tashrifi aks etgan video ham ilova qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan Shodi bobo Xushboqovga Captiva rusumli avtomobilni sovg‘a qilgani haqida xabar bergandik. Davlat rahbari Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida Shodi bobo xonadonida bo‘lgandi.

Teglar