Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedovni O‘zbekistonga taklif qildi

  • 09:29 / 14.08.2021
  • 152

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining Turkmaniston rahbariga yuborgan tashakkurnomasida O‘rta Osiyo yetakchilari uchrashuvida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirgan va istalgan paytda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan. Bu haqida “Нейтралный Туркменистан” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘zbek va Turkman millatlari o‘rtasida munosabatlarning mustahkamlanishi kelajakda O‘rta Osiyo rivojlanishiga yordamlashishiga yuksak ishonch bildirishini ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti o‘z tashakkurnomasida o‘zbek va turkman millatlari birodar ekani va ular o‘rtasidagi munosabatlar hurmat, vijdon, hamkorlik kabi tamoyillarga asoslanishini ta’kidlagan.