Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta boshida Qoraqalpogʻistonga borishi kutilmoqda

  • 19:04 / 13.08.2019
  • 149

Foto : Prezident Matbuot xizmati

12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Selektor davomida prezident keyingi hafta boshida Qoraqalpog‘istonga borishi rejalashtirilganini aytdi.

«Keyingi hafta boshida Qoraqalpog‘istonga borishni rejalashtiryapmiz. Davlat maslahatchilari borib kelishdi va biz katta reja bilan boramiz. Koreya va Xitoy elchilari ham bo‘lishadi. Ikki yilda Qoraqalpog‘istonda ko‘p ish qildik, lekin yanada ko‘proq ishlar qilishimiz kerak. Bu hududda 333 million dollar investisiya aslida ko‘p emas, natijalar ancha ko‘p bo‘lishi kerak.

Oldin Qoraqalpog‘istonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya 400 million dollarni tashkil qilishi mumkinligini tasavvur qila olmasdik. 400 million emas, 4 million ham bo‘lmasdi axir. Ammo buning iloji borligini ko‘ryapmiz, shundaymi? 150 million eksportning ham imkoni bor ekanmi? Bor ekan. Biroq biz natijalarni ikki baravarga orttirishimiz kerak.

Hamma hududlar investisiya jalb qilishi kerak. Investisiyani faqat vazirlar topmaydi-ku, hamma harakat qilishi kerak», — deb prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.