Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulukbek Maripovni qabul qildi

  • 18:50 / 26.03.2021
  • 129

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi ishida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulukbek Maripovni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Bosh vazir Ulukbek Maripov Qo‘shma komissiyaning hamraisi sifatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishning asosiy natijalari hamda qabul qilingan aniq qarorlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sammitda qabul qilingan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.