Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidentini yangi yil bilan tabrikladi 

  • 14:53 / 30.12.2019
  • 220

Foto : Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30-dekabr kuni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev kirib kelayotgan yangi – 2020-yil munosabati bilan bir-birlarini qutladi. 

Muloqot davomida yakuniga yetayotgan 2019-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim natijalarga erishilgani ta’kidlandi. 

Shuningdek xabarda qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat va transport sohalaridagi kooperasiya kengaymoqda, hududlararo va gumanitar aloqalar faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlikka oid, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.