Shavkat Mirziyoyev ShHTning Bishkekdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

  • 14:15 / 11.06.2019
  • 250

O‘zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib, 13-14 iyun kunlari Qirg‘iziston mezbonlik qilayotgan Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy qirg‘iz OAV. 

Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT davlat rahbarlari yig‘ilishida 11ta mamlakat yetakchisi, xususan tashkilot yangi a'zolari Hindiston va Pokiston bosh vazirlari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, yig‘ilishga Afg‘oniston, Eron, Mo‘g‘uliston va Belarus Respublikasi rahbarlari kuzatuvchi maqomida taklif etilgani ma'lum qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammitida  ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Unda ham ShHT bo‘yicha hamkor davlatlar – Xitoy, Rossiya, Eron,  Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.