O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillarini 27-mart – Xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi.
Davlat rahbari o‘z tabrigida Mahmudxo‘ja Behbudiydan iqtibos keltirib, teatrning ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskani ekanligini ta’kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev barcha teatr xodimlariga sihat-salomatlik va kuch-g‘ayrat tiladi.