Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabani "tarixiy adolatning tiklanishi" deb atadi

  • 17:30 / 01.04.2021
  • 170

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengashning videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan norasmiy sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon prezidenti hurmatli Ilhom Geydarovich Aliyev va ozarbayjon xalqini, Tog‘li Qorabog‘ hududini qaytarib, tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklayman”, dedi O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ zaminidagi ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ham bildirib o‘tdi.