Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi

  • 09:45 / 12.01.2020
  • 272

Foto : Prezident Matbuot xizmati

Kecha, 11-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi. 
 
Davlatimiz rahbari siyosatining asosi bo‘lgan xalq bilan muloqot tizimi aholi manfaatlarini ta’minlab, odamlarning hayotga, davlatga ishonchini mustahkamlamoqda. 

Yaqinda Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 2-uyda yangi Xalq qabulxonasi binosi foydalanishga topshirildi. Bu yerda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va bajarish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni qabul qilish uchun xonalar, Davlat xizmatlari markazi shoxobchasi, “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti maslahat byurosi, tibbiy xizmat, ona va bola xonalari tashkil etilgan. Toshkent shahrida aholi ko‘pligi inobatga olinib, sohalar bo‘yicha bo‘limlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Mazkur muassasa bir kunda 200 nafargacha murojaatchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. 

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonasida yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.