Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik bildirdi

  • 16:15 / 08.01.2020
  • 250

Foto : Prezident Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Bugun, 8-yanvar kuni Eron osmonida bortida 180 yo‘lovchisi bo‘lgan “Boeing-737” samolyoti uchish vaqtida qulab tushgan.