Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi xalqaro rasmiy tadbirlarda ishtiroki haqida ma’lumot berildi   

  • 18:00 / 29.03.2021
  • 71

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov Milliy matbuot markazida mahalliy va xorijlik jurnalistlar uchun ilk brifingini o‘tkazdi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy haftada ishtirok etadigan xalqaro rasmiy tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakatimizga kelib, turli sohalarga doir hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Ertaga, 30-mart kuni Prezidentning Viktor Orban bilan uchrashuvi belgilangan.

 Shuningdek, davlat rahbari shu haftada Turkiy tilli davlatlar kengashining norasmiy sammitida ham ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Sammit videoanjuman shaklida o‘tadi.