Shavkat Mirziyoyevning to'ng'ich qizi barchani arafa bilan tabrikladi

  • 20:54 / 10.08.2019
  • 1085

Saida Mirziyoyeva Facebookdagi sahifasida barchani arafa kuni bilan muborakbod etdi.

Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!

Barchangizni oila a'zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!

Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi. Lekin mehr-oqibat, urf-odatlarimiz va qolaversa, muqaddas dinimiz bilan bog‘liq barcha qadriyatlarimiz abadiy saqlanib qoladi.

Eng asosiysi, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog‘ bo‘lishsin. Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin.

Haj safarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni esa Alloh ziyoratlarini qabul qilib, eson-omon o‘z yaqinlari bag‘riga yetib kelishlarini nasib etsin!

Arafa muborak, do‘stlarim!