Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidida taroveh namozi o‘qildi va xatmi Qur'on boshlandi - fotojamlanma

  • 15:24 / 13.05.2019
  • 428

Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh nomidagi muhtasham jome masjidi ochilgani haqida ilgari xabar bergan edik.

Mazkur masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘g‘illari, boshlagan xayrli ishlarining davomchisi, bir necha islomiy tashkilotlarning a'zosi va mo‘min-musulmonlarga juda katta xizmat qilayotgan «Hilol nashr» majmuasi rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf imom-xatib etib tayinlandi.

11 may kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi yangi jome masjidida birinchi taroveh namozi ado etilib, xatmi Qur'on boshlandi. Taroveh namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, ulamolar, marhum va mag‘fur Shayx hazratlarining yaqinlari, shogirdlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati ilk taroveh namozidan fotojamlanma e'lon qildi.