Shimoliy Koreya hukumatni haqorat qilgani uchun Seuldan qurolli o‘ch olmoqchi   

  • 11:13 / 15.06.2020
  • 374

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘z hukumatini haqorat qiluvchi targ‘ibot varaqalarini tarqatgani uchun Janubiy Koreyadan harbiy o‘ch olishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda KXDRning markaziy Rodong Sinmun gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda TASS.

“Bizning yengilmas inqilobiy armiyamiz hech qachon bu qadar g‘azablanmagan edi. U xalqimizni haqorat qilgani uchun o‘ch olish aktini amalga oshiradi”, deyiladi xabarda. Izohlanishicha, Pxenyan bunday jiddiy haqoratni kechira olmaydi. KXDRning javob choralari “xalqning kuchli g‘azabi” bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. 
  
13-iyun kuni Koreya Mehnat partiyasi MK bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Kim Chjon Pxenyan jo‘natilgan targ‘ibot varaqalariga qarshi navbatdagi qadamni qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi. Uning fikricha, Janubiy Koreya tarafi bilan aloqalarni butunlay uzish zarur.
9-iyunda Shimoliy Koreya barcha aloqa yo‘nalishlarini yopib qo‘ydi. Bundan sal avvalroq Pxenyanda barcha kanallar, jumladan, harbiylar va ikki mamlakatning yuqori rahbariyati o‘rtasida maxsus liniya orqali aloqani ham batamom to‘xtatish haqida buyruq chiqargan edi.

Teglar