Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita ballistik raketani uchirdi

  • 16:00 / 25.03.2021
  • 89

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, raketalar Yaponiyaning iqtisodiy zonalariga zarar yetkazmagan.

Ularning harakatlanish masofasi 450 kilometrni, parvoz balandligi esa 100 kilometrni tashkil qilgan. 

Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga KXDR tomonidan uchirilgan raketalar BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasini qo‘pol ravishda buzilishidir, deya o‘z noroziligini bildirgan.

Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi ham voqeadan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

2020-yil avgust oyida AQSh hukumatining Shimoliy Koreya 60taga yaqin yadro bombasi va 5 ming tonna kimyoviy qurol bilan qurollanganligi to‘g‘risidagi harbiy hisoboti taqdim etilgan edi. Tahlilchilarning baholashicha, Pxenyan yiliga 5-6ta bombani ishlab chiqarish quvvatiga ega.