Shokolad ishqibozlarining orzusi amalga oshdi – Fransiyada shokoladli uy qurildi

  • 06:33 / 29.03.2019
  • 7103

Fransiyada shokoladni yoqtiradigan barcha insonlar uchun g‘aroyib taklif bor – haykaltarosh Jan Lyuk-Dekluzo tomonidan yaratilgan shokoladli uy.

Ushbu qandolatli san'at asarini yaratish uchun shokoladdan ko‘p miqdorda foydalanishgan. Barcha mehmonlar va Fransiya aholisi nafaqat bu uyni tomosha qilishlari, balki unda tunni ham o‘tkazishlari mumkin. Bu yerda yolg‘izlikda va bir necha do‘stlar bilan dam olish mumkin.

Shokoladli uy nafaqat chiroyli ko‘rinadi, balki yoqimli ifor ham taratadi. Uychaning ichida qanday yoqimli hidni tuyish mumkinligini tasavvur qiling-a.

Mana bu rakovinali javoncha shokoladning bir necha turlaridan tayyorlangan. Rakovina esa oq shokoladdan qilinganini sezgan bo‘lsangiz kerak.

Uyning ichida do‘stona kechani yoqimli davrada o‘tkazish uchun barcha zaruriy narsalar muhayyo. Agar shokoladli uyda tunashni reja qilmagan bo‘lsangiz, uning atrofidagi hududda sayr qilish imkoniyati mavjud.

Uyning yonida kichik ko‘lmak bo‘lib, u yerda shokoladli o‘rdaklar suzib yuradi.

Siz ana shunday uyda tunashni istarmidingiz?