Shumaxer hushiga keldi

  • 15:59 / 11.09.2019
  • 782

Kecha xabar qilinganidek Parijdagi Jorj Pompidu nomli kasalxonaga davolanish uchun kelgan Formula-1 chempioni Maykl Shumaxer hushiga keldi. Bu haqda Le Parisien xabar qilmoqda.

Nashrning muxbirlari klinika xodimlaridan izoh olishga harakat qilishdi. Yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limidagi hamshiralardan biri uning davolanayotganini tasdiqladi.

– Ha, u bizda davolanyapti va sizni ishontirib aytamanki, u o‘ziga keldi, – dedi u.

Shumaxer ommaviy axborot vositalarida aytilgan operatsiyani boshidan kechirganmi yo‘qmi, hamshira bunga aniqlik kiritmadi.


Eslatib o'tamiz, 2013-yil dekabr oyida Shumaxer chang‘ida uchayotib toshga urilib ketadi va boshidan qattiq jarohat oladi. Boshiga himoya shlemini kiygani bois muqarrar o‘limdan omon qoladi.

Shumaxer miyasida ikkita neyroxirurgik operatsiyani boshidan kechirdi, 159 kunni komada o‘tkazdi. Shifokorlar uyga javob berdilar. Qarindoshlarining aytishicha, sog‘ayish jarayoni juda sekin o‘tgan

Teglar