Shveysar pichog‘i: afsonaviy multitul haqida 7 ta fakt

  • 09:51 / 15.01.2020
  • 565

Deyarli hamma o‘g‘il bolalar yoshligida bir nechta tishlari bor shveysar pichoqchasiga egalik qilishni orzu qilgan bo‘lsa kerak. Lekin aslida uning qayerda ishlab chiqarilgani, qanday paydo bo‘lgani haqida ko‘pchilikning xabari yo‘qligi aniq. Bugun biz sizni mitti ajoyib buyum haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz

1-fakt: Pichoqchalar Germaniyada ishlab chiqarilgan
Jarrohlik uskunalarini ishlab chiqaradigan kompaniya egasi Karl Elzenerning yanglish fikriga asoslanib ko‘pchilik odamlar mitti pichoqchalar Germaniyada ishlab chiqariladi, deb o‘ylagan. 

У некоторых ножей количество опций может превышать 30!

Aslida pichoqcha Shveysariyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, har bir vatanparvar askar uni yonida olib yurgan. (Shuning uchun bu ko‘p funksiyali mitti asbob armiya pichog‘i ham deyiladi.) Pichoqcha va buragich (otvyorka)dan iborat bo‘lgan multitulning birinchi versiyasi bugungi kundagi mashhur pichoqning prototipiga aylangan. 

2-fakt: Eng katta pichoq
 2006-yilda uzunligi 23 santimetr bo‘lgan "Gigant" nomli model ishlab chiqarilgan. Uning og‘irligi bir kilogrammni tashkil etgan. 

3-fakt: Pichoqlarni rasmiy ravishda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ikkita bo‘lgan
1893-yilda yana bir kompaniya armiya pichoqlarini sotishga qaror qiladi. Shunda mamlakat hukumati shartnomani teng ravishda taqsimlashga qaror qiladi.
Natijada, bunday pichoqlar ikki xil nom bilan tanildi: 1-“Haqiqiy shveysar armiyasi pichog‘i”, 2-“Shveysar armiyasining haqiqiy pichog‘i”. 2005-yilga kelib ikkala kompaniya birlashib, hamkorlikda ishlay boshladi.  

4-fakt: Maksimal versiyasi
Swiss Champ XAVT nomli Shveysariya pichog‘i maksimal funksiyalar to‘plamiga (80 funksiya) ega. 
Pichoqchada kattalashtiruvchi lupa, tish tozalagich, tirnoq olgich, qaychi kabi instrumentlardan iborat bo‘lgan 44 ta element mavjud. 

5-fakt: Sifat nazorati
Mazkur armiya pichog‘i sifatli bo‘lishi uchun yig‘ish jarayoning har bir bosqichi nazorat qilinadi. Yangi pichoqchalar ishlab chiqarish uchun bir oy ichida 15 milliondan 20 milliongacha ehtiyot qismlari konveyerlardan o‘tadi. Ularning sifatli bo‘lishi uchun mustahkamligi, o‘tkirligi alohida tekshiruvdan o‘tadi. 

6-fakt: Logotip
Pichoqning ustiga qizil fonga xoch va qalqon rasmi tushirilgan Shveysariya gerbi ramziy belgi sifatida qo‘yiladi. 
Biroq, islom mamlakatlaridagi bozorlarda logotip o‘zgartirildi : qizil fonda, xoch o‘rniga – yer sharining rasmi tushiriladi. Bu biznesda siyosiy korrekturaning yaxshi namunasidir.

Швейцарский нож - отличный новогодний подарок, кстати

7-fakt: Kosmosda ham pichoq
Shveysar armiyasi pichog‘i kosmonavtlarning asosiy sovuq qurollaridan biridir. 
1992-dan beri NASA’ning har bir astronavtida shveysar pichog‘i bor. Ular nima uchun buni olib yurishlari aniq emas-u, lekin ularda shveysar pichog‘i borligi aniq. 

Teglar