Shveysariya AQShni sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi 

  • 14:35 / 13.06.2020
  • 189

Shveysariya AQShning Xalqaro Jinoyat sudi (XJS) vakillariga qarshi sanksiya kiritish haqidagi qaroridan afsusdaligini bildirgan va uni bekor qilishga chaqirgan. Bu haqda juma kuni e’lon qilingan Federal Kengash (hukumat) bayonotida qayd etilgan.  

“Shveysariya AQSh tomonidan Xalqaro jinoyat sudi xodimlariga, ularning yaqinlariga, amerikalik fuqarolarni tergashni qo‘llab-quvvatlayotgan yuridik shaxslarga nisbatan kiritilagan viza cheklovlarining kengaytirilishi va yangi iqtisodiy sanksiyalarning kiritilishidan tashvishdaligini bildiradi. Shveysariya Qo‘shma Shtatlarni ushbu keng qamroqli choralarni bekor qilishga chaqiradi”, – deyiladi bayonotda.

AQSh Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiya kiritdi? Nima uchun?
Vashington amerikalik harbiylar harakatini tergov qilayotgan Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiya kiritdi. AQSh Adliya vazirligi xalqaro sudga qarshi o‘z tergov jarayonlarini boshladi. Sputnik radiosi xodimi Konstantin Bloxin bu voqealarni ana shunday sharhladi. Hujjatda ta’kidlanishicha, Byorn XJSni o‘ta og‘ir jinoyatlar yuzasidan tergov olib borayotgan va xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka hissa qo‘shuvchi mustaqil institut sifatida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlaydi. 
 
Shveysariya agar ma’lum bir davlatning sud tizimi buni istamagan yoki eplay olmagan taqdirda XJS alohida shaxslarga oid tergov boshlashi mumkinligini eslatadi. Ana shu munosabat bilan Konfederatsiya AQShni XJS tomonidan tergov qilinayotgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan amerikalik shaxslarga nisbatan sud tartibida javobgarlikka tortilishini kafolatlashga chaqiradi.  

Avvalroq Oq uy Tramp ushbu xalqaro tuzilmani amerikalik harbiylar va boshqa xizmatchilarga nisbatan noxolis tergov hamda korrupsiyada ayblagani uchun ham o‘sha Farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edi.