Singan kalitni qulfdan chiqarish: Asabni asrang, buning oson yo‘li bor

  • 12:20 / 15.01.2020
  • 2260

 Kalit sinig‘ini qulfdan chiqarishda bazan qisqich (pinset) ham yordam berishi mumkin. Ammo biz buning boshqacha usuli ham borligini aytmoqchimiz

Bu usulni o‘rganib olsangiz, qulf ichida qolib ketgan kalit sinig‘ini chiqarib olish siz uchun aslo qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hatto sovuq qish kunlari muzlab qolgan qulfdagi kalit sinig‘ini chiqarib olish ham xamirdan qil sug‘urganday oson kechadi.   

Agar siz shunday holatga duch kelsangiz, darrov usta chaqirishga shoshilmang. Kalitning singan qismini qulfdan chiqarishning oddiy yechimi bor. Buning uchun sizdan bitta gugurt va yelimlash tayoqchasi (клеевой стержень) talab qilinadi. 

Bunda yelimlash tayoqchasining bir tomonidan ushlab ikkinchi tomoni olovga tutiladi. Yelim tayoqcha erishni boshlaganda uning erigan tomoni qulfning kalit sinig‘i qolib ketgan qismiga bosib, ushlab turiladi va bu yelim tayoqchaning sovib yana qattiq holatga kelgunicha davom etadi. Erigan yelim tayoqcha sovigach, u ehtiyotkorlik bilan orqaga tortiladi. Shunda kalit sinig‘i yelim tayoqchaga yopishib, u bilan birga chiqib keladi. 

Bu usul faqat kalit neytral holatda bo‘lganda, ya’ni qulfning biron boshqa qismi ichkarida qolib ketgan kalit sinig‘ini siqib qo‘ymaganda ish beradi. Aks holda “yelim tayoqcha” usuli yordam bermasligi mumkin. 

Shuningdek, kalit sinig‘ini qulf ichidan chiqarib olishda temir qisqich ham yordam berishi mumkin. Ammo bu usulning samaradorligi kalit sinig‘i o‘lchami va shakliga hamda qulfning joylashish holatiga bog‘liq. 

Teglar