Singapur koʻchalarida qoʻriqchi-robotlar ish boshladi

  • 17:03 / 07.09.2021
  • 253

Singapur hukumati koʻchalarda jamoat tartibini saqlashga yordam beradigan maxsus qoʻriqchi robotlarni sinovdan oʻtkazishni boshladi.

Ular fuqarolarning shubhali xatti-harakatlari, belgilanmagan joyda qoldirib ketilgan velosipedlar, taqiqlangan joyda tamaki chekkan fuqarolarni qayd etadi.

“Xavier” roboti “Home Team Science and Technology Agency” kompaniyasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi, Yer usti transport boshqarmasi, Singapur oziq-ovqat agentligi va Uy-joy qurilishi kengashining qoʻshma loyihasidir.

Robot tartib buzilishi holatini koʻrishi bilan Boshqaruv va nazorat markaziga signal yuboradi. Qoʻriqchi robot xizmatidan foydalanish koʻchalarni qoʼriqlash bilan shugʻullanuvchi xodimlar sonini kamaytirish, nazorat samaradorligini oshirishga imkon berishi kutilmoqda.

Robotning avtonom tarzda harakatlanishi uchun unga bir nechta datchiklar, maxsus kameralar va atrofni qorongʻida ham tasvirga olish imkoniyati ilova qilingan.

Robot interfaol boshqaruv paneliga ega. Davlat xizmatchilari bir vaqtda bir nechta robotni masofadan turib boshqarishlari mumkin.