Sirdaryodan Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga qishloq xo‘jaligi texnikalari yuborilmoqda

  • 13:06 / 24.05.2020
  • 164

Sirdaryodan Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga texnikalar yuborilmoqda, deb xabar bermoqda Sirdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.

"Ayni damda Sirdaryo tumanidagi "Baxt Yuksalishda" klasterida zamonaviy, yuqori unumli 3 ta T 6070 New Holland, 2 ta Djon Dir, 13 ta New Holland TD 5 texnikalari agregatlari bilan hozirlanib, Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga yuborishga tayyorlanmoqda",  deyiladi xabarda.

Eslab o‘tamiz, “Sardoba suv ombori” toshqinidan qo‘shni respublikaning ayrim hududlari ham zarar ko‘rgan va Turkiston viloyati Maktaaral tumanidagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jami 1 475 kishi, 219 ta transport vositasi, 13 ta suzish vositasi va 207 ta motopompa jalb qilingan.