Sloveniya poytaxtida 50 yil mobaynida ilk masjid qurildi

  • 14:09 / 14.02.2020
  • 189

Sloveniya poytaxti Lyublyanada ilk masjid ochildi. Shahardagi musulmonlar tomonidan masjidni moliyaviy qiyinchilik va byurokratik to‘siqlarga qaramasdan 50 yil davomida qurib bitkazdilar. Sloveniya Islom hamjamiyati rahbari, muftiy Nedzad Grabus masjid ochilishini hudud musulmonlari hayotidagi eng katta burilish, deb aytgan. 

Qurilishning umumiy qiymati 34 million yevro bo‘lib, shundan 28 millioni xayriya mablag‘lari tashkil etadi.

Muslim.uz nashrining xabariga ko‘ra, 1400 namozxonni sig‘dirish imkoniga ega bo‘lgan masjid olti binodan iborat. Yangi masjidda o‘quv markazi, kutubxona, restoran, basketbol maydoni, imomlar uchun uy-joy va balandligi 40 metr bo‘lgan minora mavjud. Masjid binosi oq betondan zamonaviy uslubda po‘lat, shisha va yog‘och bilan ishlangan.

Teglar