Smartfon nima uchun qizib ketadi? Sababini aniqlaymiz!

  • 09:46 / 18.07.2021
  • 845

Smartfoningiz vaqti-vaqti bilan qizib ketadimi? U shunchaki “charchagani” yoʻq, sizdan yordam soʻrab signal bermoqda.

1. Smartfon nega qiziydi?

Har qanday tur va modeldagi gadjetlarni 0 dan 35 °C gacha boʻlgan haroratda ishlatish kerak. Jarayon davomida smartfon 45°C gacha qizishi mumkin va bu xavotir olish uchun yetarli sabab emas. Smartfonlar vaqti-vaqti bilan qiziydi va soviydi ham. Biroq, telefon keskin ravishda qizib ketsa va sovimasa, uni issiqligi tufayli qoʻlingizda tutib tura olmasangiz, gadjetni zudlik bilan mutaxassisga koʻrsatish kerak.

2. Smartfonni qanday qilib sovitish mumkin?

Agar telefon quvvat olish vaqtida qizib ketgan boʻlsa, quvvatlantiruvchi simni telefondan chiqarib oling. Qurilmani soya joyga qoʻying, parvoz rejimini yoqing va ekran yorqinligini kamaytiring.

3. Muammo quvvatlantiruvchi vositada boʻlishi mumkin

Telefonning qizib ketishiga sabab quvvatlantiruvchi vosita boʻlishi ham mumkin. Telefonni imkon qadar sifatli vosita bilan quvvatlantiring. Qurilma quvvat olayotgan vaqtida undan foydalanmang.

4. Balki smartfoningizni juda koʻp ishlatayotgandirsiz?

Telefon kuchli bosim ostida qolsa, bir vaqtda bir nechta “ogʻir” ilovalar ochib qoʻyilsa, kamera, GPS, Wi-Fi dan tinmay foydalanilsa ham protsessor qizib ketishni boshlaydi. Smartfondan foydalanishda vaqti-vaqti bilan tanaffus qilish shart ekanligini unutmang va keraksiz funksiyalarni oʻchirib qoʻying.

5. Tashqi omillarni hisobga oling

Telefonni quyosh nurlari ostida qoldirmang. Qurilmaning tez buzilishiga haddan tashqari qalin gʻilof ham, uni choʻntakka solib yurish odati ham sabab boʻlishi mumkin. Kuchli ilovalardan foydalangan paytda telefon gʻilofini olib qoʻyishni unutmang.