Smartfoningiz ishini sekinlashtiradigan dastur va funksiyalar qaysilar?

  • 14:55 / 07.11.2019
  • 96

Telefon yoki boshqa bir qurilmada ortiqcha dasturlarning mavjudligini aniqlash oson – u qizib ketadi, yaxshi ishlamaydi, ba’zida butunlay o‘chib qoladi, o‘chib qayta yonadi.

Ko‘pchilik telefonlardagi mana bu dasturlar qurilma faoliyatini kuchli tormozlaydi va smatfon egasi bundan bexabar bo‘lishi mumkin: 

1. Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar. Agar odatiy onlayn-versiyalardan foydalansangiz, telefonga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo telefonga o‘rnatilgan mobil dastur anchagina “ochko‘z” va batareyani tezroq “yeydi”. 

2. Ob-havoni aniqlovchi dasturlar – operativ xotirada joylashgan bo‘lib, axborotni o‘rtacha har 5 daqiqada  yangilaydi, shuning uchun akkumulyator tez “o‘tiradi” va telefon qizib ketishiga olib keladi. Yaxshisi, qidiruv tizimlaridan foydalanib ob-havoni o‘zingiz aniqlang.

3. Antivirus soft – bunday dastur qurilmada viruslar yoki shubhali ma’lumotlar bor-yo‘qligini bilish uchun yuklangan kontentni doimiy ravishda kuzatadi va tekshiradi. Aynan shuning uchun u operativ xotirani charchatadi va boshqa jarayonlarni sekinlashtiradi. 

4. Clean Master va boshqa tozalovchi dasturlar. Bunday optimizatorlar jarayonlarni tezlashtirishni va’da qiladi, aslida esa teskarisini qiladi. Brauzerdagi kesh va xotirani yaxshisi qo‘lda yoki tizimning maxsus utilitlari yordamida tozalang.  

телефон

Smartfon ishini sekinlashtiradigan funksiyalar

Sozlamalarda ba’zi dasturlar avtomatik tarzda ishga tushadi. Ularni to‘g‘ri sozlash orqali qurilma faoliyatini ancha tezlashtirish mumkin.

Energiya tejash rejimidan foydalanishga harakat qiling, unda barcha kerakli sozlamalar bor – ular yordamida telefon resurslarining kam sarflanishiga erishasiz. 

Bunday funksiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

приложение

• Yorug‘lik – zamonaviy telefonlarda u muhitga qarab o‘zgaradi, ammo bunday o‘zgarish ko‘p resurslarni talab qiladi.

• Klavishlarni bosgandagi vibratsiya va tovushlar ham smartfon faoliyatini tormozlaydi, shuning uchun ularni sozlamalarda o‘chirib qo‘ygan ma’qul. 

• Animatsiyalar, jonli oboylar – bularning hammasi zamonaviy va chiroyli ko‘rinadi, ammo telefonning ko‘p kuchini olib qo‘yadi, qo‘shimcha energiya sarflash va qizib ketishga majbur qiladi. 

работа смартфона

• Avtostart – sozlamalarning bu bo‘limida foydalanuvchi telefon yoqilganida qaysi dasturlar avtomatik ochilishini belgilaydi. Keraksizlarini o‘chirib qo‘yish lozim. 

Bu funksiyalarni to‘g‘rilagach, telefonni o‘chirib qayta yoqing va o‘zgarishlar kuchga kirgan-kirmaganini tekshiring. Agar hammasi amalga oshgan bo‘lsa – telefon axborotni yana-da tezroq qayta ishlashni boshlaydi. 

Shu tariqa, ba’zi oddiy amallar bilan mobil qurilmangizning faoliyatini bir necha barobar yaxshilashingiz mumkin. Keyinchalik ham, hech bo‘lmasa oyiga bir marta telefoningizda tozalash ishlarini amalga oshirib turing.