Smartfonlar vaqtinchalik ko‘zi ojizlikka sabab bo‘ladimi?

  • 05:25 / 24.10.2018
  • 3981
Foto: Layfxaker

Ko‘zning xiralashishi

Faoliyatning turli yo‘nalishlari ko‘rish qobiliyatiga o‘ziga xos ta'sir qiladi. Qishki baliq ovi bilan shug‘ullanadiganlarda qorli ko‘zi ojizlik – ko‘z qorachiqlarining qorda aks etadigan ultrabinafsha nurlaridan kuyishi rivojlanishi mumkin. Payvandchilar elektr aylana yoyi nurlanishidan shikastlanishadi. Kemalardagi kuzatuvchilar gallyutsinatsiyalarni boshdan kechirishadi. Ekranga ko‘p qaraydiganlar esa ko‘zning xiralashishidan aziyat chekadilar.

Biroz vaqtga qadar ko‘rish qobiliyati yomonlashganini payqamaymiz ham. Agar yetarli darajada aniq ko‘rmayotgan bo‘lsak, ekranning yorqinlik darajasini oshiramiz. Bu esa baribir ko‘rishni himoya qilishda yordam bermaydi.

Ko‘rish qobiliyati pasayishining birinchi belgisi: telefonga qaraganda tasvirni yaxshiroq anglash uchun ko‘zlaringizni qisasiz. Keyin esa ekranni ko‘zlarga yaqinroq olib kelasiz, shunda ham bo‘lmasa, shriftni kattalashtirasiz. Oxir-oqibat, yengilasiz va ko‘zoynak sotib olasiz. U albatta telefondan qiyinchiliksiz o‘qishga yordam beradi. Biroq chiqish yo‘li bo‘lmagan doira yuz beradi.

Ko‘rish qobiliyatini telefondagi harflarni qay darajada yaxshi ko‘rishimiz bilan baholaymiz. Aynan telefon ko‘rish qobiliyatimizga zarar keltirayotgani haqida esa o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Vaqtinchalik ko‘zi ojizlik

Smartfon sabab vaqtinchalik ko‘zi ojizlik holatlari qayd etilgan. Unda biroz muddat davomida bir ko‘z bilan ko‘rish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday muammo yonboshlagan holatda qorong‘uda mutolaa qilish tufayli yuz beradi. Ekranga qarayotgan ko‘z – yorug‘likka, yostiq tufayli yopiq ko‘z – qorong‘ulikka moslashadi. Shundan keyin yorug‘likka o‘rgangan ko‘z ko‘rmay qoladi. Yaxshiyamki bu holat bir necha daqiqa davom etadi.

Kompyuterli ko‘rish sindromi

Uzoq vaqt davomida ekranga qarash sababli yuzaga kelgan ko‘z bilan bog‘liq muammolar umumiy atama - «kompyuterli ko‘rish sindromi» bilan nomlanadi. Unga odatda ko‘z  oldining qorong‘ulashishi, ko‘zlardagi quruqlik va qichishish, bosh og‘rig‘i kabi belgilar kiradi. Amerika optometristlari assotsiatsiyasi esa bu sindromga uzoq vaqt davomida ekranga tikilish sababli odamlarda kuzatiladigan barcha noxush belgilarni kiritadi.

Davo sifatida 20 × 20 × 20 mashqini taklif etadilar. Har 20 daqiqada 20 soniyalik tanaffus qilish va 20 fut (olti metr) uzoqlikdagi biror narsaga tikilish kerak. Bu mashq ko‘zlarga tinchlanishda yordam beradi.

Biroq bu sindromga nafaqat mayda shriftni o‘qish tufayli zo‘riqish, balki yorqin nur sabab charchash hissi ham kiritiladi.

Agar kengroq yondashiladigan bo‘lsa, u ko‘zi ojizlikning yanada umumiy jihatlari – real olamdagi, ayniqsa tabiatdagi obektlarni sezmaslik qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi.

Masalan, ko‘pchilik daraxtlarning turlarini farqlamaydi. Tabiatga e'tibor ham bermaymiz. Bu atrofdagi ko‘p narsalarga tegishli. Balki smartfonlarning asosiy xavfli jihati aynan shudir.

Albatta smartfon va boshqa qurilmalardan batamom voz kecha olmaymiz. Biroq ularning salbiy ta'sirini kamaytirish mumkin. Masalan, ko‘z uchun maxsus ilovalardan foydalaning. Ko‘z uchun mashqlar bajarishni unutmang. Ekrandan tez-tez uzoqlashing. Axir atrofdagi olam o‘z-o‘zicha juda ajoyib!

Teglar