Smartfonning qishda foydali bo‘lgan xususiyatlari

  • 10:07 / 23.12.2014
  • 2695

Qish keldi. Sovuq kunlar. Xo‘sh, smartfon sovuq mavsumda o‘zining vazifalaridan tashqari yana qanday foyda berishi mumkin? 

Qo‘lqopda ham boshqarish imkoniyati

Ko‘chada 15 daraja sovuq bo‘lganda, kim ham xabarni o‘qish, undan ham yomoni javob berish, smartfonni blokdan chiqarish uchun issiq qo‘lqopini yechishni istaydi? Yaxshiki, elektronika ishlab chiqaruvchilarning ayrimlari shimoldagi muxlislarining ham g‘amini yeyishgan. “Nokia Lumia”, “Ascend” va “Huawei”ning “Honor”i, “Alcatel ONETOUCH” egalari qahratonda smartfondan foydalanganda, qo‘llari muzlab qolishi xavfidan yiroqdir. 

Stilusdan foydalanish imkoni

Ikkinchi band ham birinchisidan kelib chiqadi: agar smartfon qo‘lqopdagi barmoqni his qilmasa, “Galaxy Note” apparatlarining doimiy yo‘ldoshiga aylangan aksessuar bu kamchilikni biroz bartaraf etishi mumkin. 

Namdan himoya

Qish — yog‘ingarchilik mavsumi. Afsuski, osmondan har doim oppoq va momiq qor parchalari tushmaydi. Aksariyat hollarda mayda qor yomg‘irga aylanib, elektron gadjet uchun xavf tug‘diradi. IP standarti bo‘yicha korpusga yomg‘ir tomchilarining tushishidan himoya qilish imkoni smartfonni va uning egasi asablarini saqlab qolishi mumkin. Masalan, “Xperia” va “Galaxy S” yomg‘irdan ham, qordan ham qo‘rqmaydi.

Polikarbonatli korpus

“Qimmat devays metalldan bo‘lishi kerak” degan gap bugungi kunga to‘g‘ri kelmaydi. Kechqurun qorli ko‘chalardagi sayrdan qaytgach, beshinchi va undan katta avlodga mansub “iPhone” yordamida ichimliklarni muzlatish mumkin. 

Qiziydigan protsessor

Ko‘pincha qurilmaning kamchiligi deb baholanadigan jihati qishda foydali bo‘lishi mumkin. Yaqin atrofdagi yagona issiqlik manbai smartfon bo‘lsa, mikrochipni ishlatish va qizdirish uchun hamma vositalar yaxshi. Albatta, agar smartfon egasi tavakkal qilishni yoqtirsa. Jumladan, o‘z smartfoni bilan ham.

Yorug‘ligi kuchli obektiv

Qishda kun kalta, o‘rta kengliklarda esa quyoshli kunlar juda kam bo‘ladi. Yorug‘lik kam bo‘lganda suratga olishni hamma qurilma ham eplay olmaydi, demak, kamerasi keng diaframgaga ega smartfonni tanlagan ma'qul. Buning ustiga, Yangi yil yaqin — bezatilgan archalarni ham kimdir suratga olishi kerak-ku. 

Teglar