Smatfondan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

  • 12:12 / 12.09.2019
  • 1078

Odamlar smartfondan doimiy ravishda foydalanayotganiga ancha bo‘ldi, biroq hamma ham telefonimni to‘g‘ri ishlatyapman deb ishonch bilan ayta olmaydi. Quyida telefondan foydalanishda yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishing:

Картинки по запросу Как НЕ надо пользоваться смартфоном. 10 самых частых ошибок.

1. Jamoat joylaridagi Wi-Fi tarmoqlariga ulanish. Bunday holatda har qanday foydalanuvchi faqat sizga tegishli bo‘lgan MAC-manzildan foydalanib, internetga ulanishi mumkin. Ko‘pincha yovuz niyatdagilar shu tariqa sizni chuv tushirishga urinadilar.

2. Telefonni noto‘g‘ri quvvatlantirish. Telefonni quvvatlantirishga yetarlicha ko‘p e’tibor qaratish kerak. Agar buni to‘g‘ri amalga oshirsangiz, quvvat siklini 2-3 martaga oshirishingiz, smartfoningiz akkumulyatori umrini uzaytirishingiz mumkin.

3. Dasturiy ta’minot va undan foydalanishga kam e’tibor qaratish. Odamlar biror dasturga qiziqsa, aynan nimani yuklayotgani haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Agar, dastur normal ishlayotgan bo‘lsa, to‘xtab qolishlar bo‘lmasa, yanayam kamroq e’tibor berishadi. Biroq, tasodifiy dasturlarni o‘rnatish – telefonning ortiqcha bosim bilan ishlashiga, natijada uning buzilishiga olib keladi. Operatsion tizimni vaqtida almashtirmaslik yaxshi emas. 

Картинки по запросу Как НЕ надо пользоваться смартфоном. 10 самых частых ошибок.

4. Telefonni o‘chirmaslik – uning akkumulyatoriga zarar yetkazish deganidir. Vaqti-vaqti bilan telefonni bir necha soatga butunlay o‘chirib turing, shu tariqa akkumulyator odatdagidan ko‘proq vaqt xizmat qiladi. 

5. Smartfonni juda issiq yoki sovuqda ishlatmaslik kerak. Bu yo‘riqnomada ham yozilgan bo‘ladi, ammo aksariyat odam bunga e’tibor bermaydi. Bu telefonning kelajakda samarali ishlashiga xalal beradi.

6. Wi-Fi va mobil aloqani o‘chirib qo‘ying. Bu smartfonning batareyasiga yaxshi ta’sir o‘tkazadi va telefonning samaradorligini ta’minlaydi. Ushbu funksiyalarning kuniga 24 soat yoqilgan turishiga yo‘l qo‘ymagan ma’qul.  

7. Smartfonni tozalab turishni ham unutmaslik kerak. Haddan ortiq kirlanish smartfonning muhim qismlariga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, telefonni doimiy tozalab turish uni kir holatda ishlatgandan ko‘ra ancha yoqimliroq. 

8. Ko‘p dasturlar uchun geolokatsiya funksiyasini doimiy ishlatish. Hozir dasturlarning ko‘pchiligi ushbu funksiyaning yoqilgan turishini talab qiladi, ammo u quvvatning ancha sarflanishiga olib keladi va telefonga zarar yetkazadi.

Картинки по запросу Как НЕ надо пользоваться смартфоном. 10 самых частых ошибок.

9. "Push" xabarlarni o‘chirmaysizmi? Bekor qilasiz. Bunday tipdagi xabarlar telefon quvvatini kuchli yemiradi. Ularni sozlamalarga kirib o‘chirib qo‘ysangiz bo‘ladi. 

10. Ekran yorug‘ligi sozlamalarini noto‘g‘ri ishlatish. Yorug‘likni avtomatik sozlash funksiyasi o‘chirib qo‘yilgan smartfonlar foydalanuvchining ko‘zlarini juda toliqtiradi. Chunki displeydagi nimanidir ko‘rish uchun zo‘riqishga to‘g‘ri keladi. Ekranning yorug‘ligini to‘g‘ri sozlash orqali ko‘zlaringiz nurini ham, telefoningiz akkumulyatorini ham asragan bo‘lasiz.