Sochlar chiroyli ko‘rinishi uchun nima iste'mol qilish kerak?

  • 04:55 / 02.10.2018
  • 6125

Go‘zallik avval odamning ichida paydo bo‘ladi. Bu ayniqsa sochlar yaltirashi, sog‘lom va yaxshi o‘sishiga tegishli. Bunday natijaga erishish uchun ratsionga qanday mahsulotlarni kiritish kerakligi haqida aytib beramiz.

Foto: Pixabay

Qovoq urug‘i va kunjut

Har ikki mahsulot tarkibida sink bor. Bu mikroelement soch to‘kilmasligi uchun zarur. Bundan tashqari, sinkning yetishmasligi hatto sochlar to‘kilishiga olib keladi. Qovoq urug‘ining o‘zini yoki salatlar, krem-sho‘rvalarga qo‘shgan holda iste'mol qilish mumkin. Kunjutni esa tovuqqa ziravor sifatida qo‘shish mumkin. U yanada totli bo‘lishi uchun uni quruq tovada 2-3daqiqa qovurib oling.

Non kepagi

Yuqori navli un ishlab chiqarilayotganida don qobig‘i ko‘rinishidagi chiqindilar qoladi. Bu kepak. O‘zining estetik bo‘lmagan kelib chiqishiga qaramay, u organizm uchun juda  foydali. Uning tarkibida sochlar salomatligi va  go‘zalligi uchun zarur bo‘lgan V vitaminlar  guruhi bor. Bundan tashqari, kepak organizmni a'lo darajada tozalaydi. Uni ichimliklarga qo‘shish, non tayyorlash mumkin. U nafaqat bug‘doy, balki suliniki bo‘lishi ham mumkin.

Foto: Pixabay

Banan

Bananlarda kepakda bo‘lgani kabi V guruhi vitaminlari, jumladan V7 — biotin ham bo‘ladi. Ular yana kayfiyatni ko‘taradi va iste'mol uchun yoqimli. Ularni shu holicha iste'mol qiling yoki smuzi tayyorlang.

Jigar

Ko‘pchilik bu mahsulotni xush ko‘rmaydi. Ayollarda temir yetishmovchiligi ko‘p kuzatiladi. Aynan shu sababli sochlar to‘kilishi yoki nursiz bo‘lishi mumkin. Jigar esa oson hazm bo‘ladigan temir manbai. Agar sizga mol jigari ta'mi yoqmasa, u holda tovuq jigarini tatib ko‘ring: u tez tayor bo‘ladi. Uni suvda pishirilgan grechka bilan birgalikda iste'mol qiling. Ana o‘shanda organizm uchun temirning katta miqdori kafolatlanadi. Aytgancha, jigarda yana oqsil miqdori ham ko‘p. U esa sochlar uchun ham zaruriy qurilish materiali.

Foto: Pixabay

Tuxum

Birinchidan, uning tarkibida oqsil va yog‘larning optimal miqdori bor. Bu esa tuxumni sog‘lom ratsionning zaruriy qismiga aylantiradi. Bundan tashqari,  tuxum tarkibida A, D, Ye, V guruhi vitaminlar mavjud.

Teglar