Sohilni 5000 tonna chiqindidan tozalagan “Yer chempioni”

  • 11:19 / 25.08.2019
  • 629

Mumbaylik yosh advokat Afroz Shoh ko‘p yillar davomida Mumbayning shimoliy-g‘arbida joylashgan Versova plyajida yig‘ilib qolgan chiqindilar bilan kurshdi va g‘olib chiqdi. 86 hafta davomida Afroz ko‘ngillilar bilan birgalikda plyajni 5,4 million kilogramm chiqindidan tozalab tashladi.

2015-yil oktyabr oyida Mumbaylik advokat Afroz Shoh va uning 84 yoshli qo‘shnisi Xarbansh Matur chiqindilarga to‘lgan shahar sohilini ko‘rib, juda xafa bo‘lishadi. Va ikkalasi hududni tozalashga qaror qilishadi.

O‘shandan beri, dam olish kunlari ikki hamroh sohil tozalashga chiqishadi. Keyinchalik ularga atrofdan ko‘ngillilar qo‘shila boshladi. Ularning soni doimiy ravishda o‘sib borar va minglab odamlar to‘planib qolgan chiqindilarni tozalay boshlashdi.  

Ko‘ngillilar plyajni 86 hafta davomida tozalashdi. Ular 2,5 kilometrlik plyajdan 5 million kilogrammdan ortiq chiqindini olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi. 

Kinochilar, politsiyachilar, huquqshunoslar, baliqchilar va shunchaki yo‘lovchilarning bir sabab bilan bir joyga to‘planganidan hayratlangan Shah mutasaddilarning  kerakli narsalar: ekskavator va yuk mashinalari bilan ta’minlab, qo‘llab-quvvatlaganidan hursand bo‘ldi. 

Plyajni tozalash ishlari 2017-yil may oyida yakunlandi. 

“Plyaj nihoyat toza. Bizning harakatlarimiz o‘z samarasini berdi”, - deydi Shoh. Ammo sohilga suvda oqib kelayotgan chiqindilar yana to‘planib qolayapti. Shuning uchun Afroz Shoh rasmiylardan plyaj toza bo‘lishi uchun musson shamollari tasirida qirog‘oqda yig‘ilib qoladigan chiqindilarni tozalashda amaliy yordam berishini so‘rayapti. 

Afroz Shoh mehnati uchun BMT tomonidan “Yer chempioni” unvonini oldi. Uning ishi dunyodagi eng katta sohil tozalash ishi deb nomlangan.

Lekin u bu bilan to‘xtab qolgani yo‘q. Endi u ko‘ngillilar bilan birgalikda mahalliy aholi tomonidan sohilga chiqindi tashlashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilmoqda.

Bundan tashqari, u bo‘ronlarga qarshi tabiiy himoya vazifasini bajaradigan axlat bilan qoplangan qirg‘oqbo‘yidagi doimiy yashil bargli o'rmonlarni tozalashni rejalashtirmoqda. Afroz Shoh o‘zining ishi bilan butun dunyodagi odamlarga namuna bo‘lmoqchi. 

Teglar