Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu bilan soliq solinmaydigan daromadlar turi kengayadi

  • 11:46 / 26.03.2020
  • 63

Moliya vazirligi Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar  to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi. 

 
Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan.

“Xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, asosan aholining muhtoj qatlamiga, shuningdek, kam ta’minlangan oilalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab quvvatlash uchun yo‘naltiriladi, shu yo‘nalishdagi munosabatlarda soliq solinishini tartibga solish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi”, deyiladi Vazirlik izohida.

Shuningdek, “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, homiylik (homiylik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan, pul mablag‘larini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar ko‘rsatish va ularni boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati) hisoblanadi.

Shuni inobatga olib, bundan tashqari O‘zbekistonda ushbu faoliyat turini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi.

Kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya tashkilotlari va ekologiya jamg‘armalari, hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tomonidan quyidagi ko‘rinishdagi yordam:

ustav bo‘yicha faoliyati doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;

davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash, nogironlikni profilaktika va nogironlikni reabilitatsiya qilish texnik anjomlarni sotib olish;

jismoniy shaxsning manfaatini ko‘zlab tovar va xizmatlarni bevosita yetkazib beruvchilariga to‘lashga;

boshqa ko‘rinishdagi qo‘llab-quvvatlashlarga (pul ko‘rinishidan tashqari) soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

Shuningdek, xayriya faoliyatining xususiyati, shuningdek, xayriya mablag‘i oluvchilarning moddiy va moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda soliq solinmaydigan daromadlar turiga yana to‘rtta band qo‘shiladi. Ya’ni, ular:

xayriya tashkilotlari tomonidan ustav bo‘yicha faoliyatlari doirasida jismoniy shaxslarga pul shaklida ko‘rsatilgan yordam, biroq soliq davrida 15 million so‘mdan oshmagan holda.

xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar;

ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar;

ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pullik to‘lovlar.