Sotuvda bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi e'lon qilindi 

  • 08:04 / 22.04.2019
  • 1952

Business Insider nashri ayni vaqtda sotuvda bo‘lgan eng yaxshi 20 ta smartfondan iborat reytingni tuzdi

Reytingning eng yuqori pog‘onasini OnePlus 6T smartfoni egalladi. Ta'kidlanishicha, ushbu gadjet simsiz quvvatlagich yoki suv o‘tkazmaslik kabi eng zamonaviy opsiyalar to‘plamiga ega bo‘lmasa-da, narxi va funksiyalari hisobiga 1-o‘rinni munosib egallagan.  

OnePlus 6T

2-o‘ringa Samsung Galaxy S10e loyiq topildi. Ushbu qurilma “ajoyib” ekran, a'lo darajadagi kamera hamda hamyonbop narxga ega.

3-o‘rinni iPhone XR, 4- va 5-o‘rinlarni Samsung’ning Galaxy S10 Plus va S10 modellari egallagan.

Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Google Pixel 3 va Pixel 3 XL, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, Samsung Galaxy S9 Plus va iPhone X kiritilgan.

11-20-o‘rinlarni iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S9, Huawei Mate 20 Pro, iPhone 8, Razer Phone 2, LG V40, Apple iPhone 7 va 7 Plus, Moto G7, LG G8 va BlackBerry Key2 modellari egallagan.

Teglar