Sovuq havo oqimi chekinishni boshladi

  • 15:09 / 08.11.2019
  • 299

Bugundan O‘zbekistonda bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq havo oqimi chekinishni boshladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet markazi.

Sovuq havo chekinmoqda
“Bugun va ertaga (8-9-noyabr tahr.) O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antisiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, dam olish kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib, kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 

Yakshanba kuni yana sovuq bo‘ladi
Shu hafta so‘ngida – yakshanba kuni Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. O‘zbekiston ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi.