JSST eksperti: “Koronavirusdan dunyoning 2/3 qismi kasallanishi mumkin”

  • 09:37 / 14.02.2020
  • 1657

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar sonining ortishi ortidan olimlar sayyoraning uchdan ikki qismi koronavirusni yuqtirishi mumkinligi ehtimolini ilgari surishdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Bunday fikrni Blommberg’ga bergan intervyusida JSST konsultanti, Florida universiteti infeksion kasalliklarni taqdiq qilish statistika markazi rahbari Ayra Lonjini aytdi.
Olimaning fikricha, Xitoyda tarqalgan koronavirusni yuqtiradiganlar soni milliardgacha yetishi mumkin ekan. 
Kasallarni izolyatsiyaga olish va karantin koronavirusni to‘xtata olmas ekan.
Taqqoslash uchun, 14-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda COVID-19 dan kasallanganlar soni 60 mingdan oshgan. Jahon bo‘yicha esa bu raqam 64436 nafarni tashkil qilmoqda. 1383 kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 6886 kishi sog‘aygan.